Turkiyaning Kapadokiya shahriga 1 mlndan ortiq sayyoh keldi

Kapadokiyaga 2019 yilda 1 million 134 ming 387, 2020 yilda 322 ming 894, 2021 yilda esa 333 ming 633 sayyoh tashrif buyurgandi.

1838311
Turkiyaning Kapadokiya shahriga 1 mlndan ortiq sayyoh keldi
kapadokya2.jpg
kapadokya1.jpg
kapadokya.jpg

 

YUNESKO tomonidan Jahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan Turkiyaning Kapadokiya shahriga joriy yilning dastlabki 5 oyida 1 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi.

Nevshehir gubernatorligi tomonidan tarqatilgan statistik ma'lumotlarga ko'ra, "Peri bacalari", yer osti shaharlari, qoyaga o'yilgan tarixiy uylar kabi tabiiy, tarixiy va madaniy boyliklari bilan mahalliy va xorijiy sayyohlarning e'tiborini o'ziga jalb qilgan Kapadokiyaga 1 million 30 ming 491 nafar sayyoh keldi.

Kapadokiyaga 2019 yilda 1 million 134 ming 387, 2020 yilda 322 ming 894, 2021 yilda esa 333 ming 633 sayyoh tashrif buyurgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kapadokiya

Aloqador xabarlar