May oyida Turkiyaning eksport tarmogʻi rekord oʻrnatdi

Turkiya eksportdagi kuchli koʻrsatkichini bu yilning ilk 5 oyida ham davom ettirdi.

1836705
May oyida Turkiyaning eksport tarmogʻi rekord oʻrnatdi

Savdo vaziri Mehmet Mush, barcha davrlarning eng yuqori may oyi eksporti qayd etilganini ma’lum qildi.

Mehmet Mush, may oyi tashqi savdo raqamlari bilan bogʻliq uyushtirgan matbuot anjumanida Turkiyaning eksportda 2021-yili katta muvaffaqiyatga erishganiga e’tibor qaratdi.

Turkiyaning joriy yilning ilk besh oyida ham eksportdagi kuchli koʻrsatkichini davom ettirganini ifoda etgan Mush,

“Bu yilgi may oyida eksportimiz oʻtgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 15,2 foizga oʻsish orqali 19 milliard dollarga yetdi. Bu, barcha davrlarning eng yuqori may oyi eksportidir. Bu 2022-yilning ilk 5 oyida eng yuqori oylik eksport qiymatlariga erishish orqali ilk 5 oyda rekordlar oʻrnatgan boʻldik”.-deya gapirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mehmet Mush , #eksport tarmogʻi , #rekord

Aloqador xabarlar