Rossiya Niderlandiyaga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

Niderlandiya davlat gaz kompaniyasi GasTerra Rossiyaning Gazprom shirkati 31-maydan boshlab Gollandiyaga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatadi, chunki u rublda to‘lashdan bosh tortadi.

1835213
Rossiya Niderlandiyaga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

 

Niderlandiya davlat gaz kompaniyasi GasTerra Rossiyaning Gazprom shirkati 31-maydan boshlab Gollandiyaga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatadi, chunki u rublda to‘lashdan bosh tortadi.

GasTerra tomonidan berilgan bayonotda, Rossiyaning Yevropa Ittifoqi  a'zo davlatlaridan Gazprombankda yevro va rubl hisobi ochib tabiiy gaz to'lovlarini amalga oshirishni talab qilgani eslatildi.

Bayonotda, GasTerra ushbu  talabga muvofiq to'lovlarni amalga oshirishni qabul qilmagani ta'kidlandi.

"Bunday tarzda to'lash o'zi bilan birga moliyaviy va operatsion risklarni, shuningdek, Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzish xavfini ham olib keladi. Rossiya qonunchiligi bo'yicha Moskvada hisob ochish va bu hisobni Rossiya rejimi nazorati ostida bo'lish kompaniyamiz uchun ancha katta xavf hisoblanadi. Shu tarzda to‘lashdan bosh tortishimizga javoban.”

“Gazprom” 31-maydan tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatishini ma’lum qildi.  Deya  qayd etildi.

Bayonotda, joriy shartnoma muddati tugaydigan 31-maydan 1-oktabrgacha Gazprom tomonidan yetkazib berishning toʻxtatilishi 2 milliard kub metr tabiiy gaz sotib olinmasligini anglatishi taʼkidlandi.

GasTerra bu rivojlanishni, "Yevropa gaz bozori yuqori darajada integratsiyalashgan va keng qarovlidir . Biroq, 2 milliard kub metr gaz ta'minotining yo'qolishi ta'minotiga qanday ta'sir qiladi  va Yevropaga qanday ta'sir qilishini  oldindan aytib bo'lmaydi. GasTerra bir necha bor shartnoma asosida Gazpromni qabul qildi. Kelishilgan to'lov tuzilmasi va yetkazib berish majburiyatlariga rioya qilishga chaqirdi, ammo bu ish bermadi.”  deya ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #To'xtatdi , #GasTerra , #Gazprom , #Gollandiya , #Gaz , #Rossiya

Aloqador xabarlar