Joriy yilda Pamukkalega 240 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

2020 yil 1 yanvardan 18 martgacha Pamukkalega 151 268 kishi tashrif buyurgandi. O'sha yili koronavirus epidemiyasi sababli 19 martdan 1 iyunga qadar viloyatga kirishlar yopilgandi.

1822430
Joriy yilda Pamukkalega 240 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

 

Turkiyaning Denizli viloyatida joylashgan turistik Pamukkale joriy yilning dastlabki 4 oyida 240 ming mahalliy va xorijiy sayyohlarga mezbonlik qildi.

Turkiyaning muhim turizm yo'nalishlaridan biri bo'lgan Pamukkale Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ta'lim, Fan va Madaniyat Tashkiloti (YUNESKO)ning Jahon merosi ro'yxatida o'rin olgan.

Pamukkale dunyoning turli burchaklaridan sayyohlarni o'ziga jalb qiladi.

Sayyohlar Pamukkaledagi oq travertinlar va tarixiy xarobalar bo'ylab sayr qilishlari va mavzumning barcha fasllarda harorati 36 daraja bo'lgan "Kleopatra hovuzi" deb nomlanuvchi qadimiy hovuzdan bahramand bo'lishlari mumkin.

Mintaqada havo sharlari va paraplanda uchish ham osmondan betakror manzarani tomosha qilish imkoniyatini beradi.

2020 yil 1 yanvardan 18 martgacha Pamukkalega 151 268 kishi tashrif buyurgandi. O'sha yili koronavirus epidemiyasi sababli 19 martdan 1 iyunga qadar viloyatga kirishlar yopilgandi.

Pamukkalega o'tgan yilning 1-yanvaridan 30-aprelgacha 100 ming 145, joriy yilning shu davrida esa 240 ming 883 sayyoh tashrif buyurgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Pamukkale

Aloqador xabarlar