O‘zbekiston joriy yilda Turkiyaga 3,2 ming tonna meva-sabzavot eksport qildi

2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 114 million dollarlik meva-sabzavot eksport qildi.

1809896
O‘zbekiston joriy yilda Turkiyaga 3,2 ming tonna meva-sabzavot eksport qildi

 

2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 114 million dollarlik meva-sabzavot eksport qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekistondan Qozog‘iston (67,5 ming tonna), Rossiya (29,5 ming tonna), Xitoy (16,6 ming tonna) va Qirg‘iziston (14 ming tonna) eng ko‘p meva-sabzavot import qilgan.

Shuningdek, ushbu turdagi mahsulotlar eksporti geografiyasi Afg‘oniston (6,8 ming tonna), Pokiston (3,3 ming tonna), Ukraina (3,3 ming tonna), Turkiya (3,2 ming tonna), Eron (2,5 ming tonna), Ozarbayjon (2,4 ming tonna), Belarus (2,2 ming tonna), BAA (1,4 ming tonna), Germaniya (553 tonna) va AQSH (386 tonna) kabi mamlakatlarni ham qamrab olgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar