Ozarbayjon Turkiya orqali Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirmoqchi

Ozarbayjon hukumati Anqara va Bryussel bilan Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirish masalasini muhokama qilmoqda.

1795786
Ozarbayjon Turkiya orqali Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirmoqchi

 

Ozarbayjon Turkiya orqali Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirishni mo‘ljallamoqda va ushbu masalani Anqara va Bryussel bilan muhokama qilmoqda.

Bu haqda Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Shahbozov ma’lum qildi.

"Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi oshiriladi. Janubiy gaz yo‘lagida hali ishga tushirilmagan quvurlar mavjud. Biz Turkiya bilan birgalikda Yevropaga katta miqdorda gaz yetkazib berishimiz mumkin. Biz ushbu masalada YeI va qardosh Turkiya bilan aloqadamiz", – Ozarbayjon energetika vaziri.

Uning ta’kidlashicha, Ozarbayjon o‘zining ichki ehtiyoji hamda Yevropaga yetkazib berish uchun 100 yilga yetadigan darajada tabiiy gaz zaxirasiga ega.

"Bizning tasdiqlangan 2,6 trillion kubmetr gaz zaxiramiz bor. 100 yil mobaynida o‘zimizga yetadigan, hamkorlarimiz va Yevropaga yetkazib bera oladigan darajada tabiiy gaz zaxirasiga egamiz", – dedi Parviz Shahbozov.

Ozarbayjon 2020 yil 31 dekabrdan Transadriatik quvuri orqali  Yevropaga tijorat asosida gaz yetkazib berishni boshlagan. Ushbu kelishuv 25 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, har yili 10 milliard kubmetr tabiiy gaz eksport qilishni ko‘zda tutadi.


Tanlangan kalimalar: #tabiiy gaz , #Turkiya , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar