Turkiya o'tgan oyda 169 davlatga dukkakli mahsulotlar eksport qildi

Turkiyada dukkakli mahsulotlar eksporti joriy yilning yanvar va fevral oylarida rekord o'sish ko'rsatdi.

1792433
Turkiya o'tgan oyda 169 davlatga dukkakli mahsulotlar eksport qildi

 

Turkiyada dukkakli mahsulotlar eksporti joriy yilning yanvar va fevral oylarida rekord o'sish ko'rsatdi.

Istanbul urug'chilik va dukkakli mahsulotlar eksportchilari uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada yanvar oyida dukkakli mahsulotlar eksporti 847 million 853 ming dollarni tashkil etdi.

Yanvar oyidagi eksport esa, o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 41,43 foizga oshdi. Shuningdek, fevral oyida 52,7 foiz o'sish bilan 970 million dollarlik eksport amalga oshirildi.

Turkiya o'tgan oyda 169 davlatga dukkakli mahsulotlar eksport qildi.

Dukkakli mahsulotlar eksporti o'tgan yilning shu oyiga nisbatan Amerika Qo'shma Shtatlariga 67,08 foiz, Iroqqa 37,67 foiz, Rossiyaga 76,71 foiz va Isroilga 42,09 foiz o'sdi. Kubaga eksport esa rekord ko'rsatgichga erishib, 448,213 foizni tashkil qildi.


Tanlangan kalimalar: #eksport , #Turkiya

Aloqador xabarlar