Yevropada tabiiy gaz narxi tarixiy rekordni yangiladi

Narxlar Rossiya-Ukraina urushi gaz ta'minotini qisqartirishidan xavotirlar tufayli oshib bormoqda.

1788766
Yevropada tabiiy gaz narxi tarixiy rekordni yangiladi

 

Kecha, 2-mart kuni Rossiya-Ukraina urushi tufayli Yevropada tabiiy gaz narxi 2021 yil dekabr oyi oxirida qayd etilgan tarixiy rekordni yangiladi.

Niderlandiyaning TTF habida aprel oyi uchun ming kub metr gaz narxi megavatt-soatiga 168 yevroni tashkil etdi. Shunday qilib, o‘tgan yili bir megavatt-soat 16 yevro bo‘lgan tabiiy gaz narxi 10 barobarga oshdi.

Bu tabiiy gaz savdosi tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Avvalgi rekord 2021 yil dekabrda qayd etilgan, narx 2190 dollarga yetgandi.

Narxlar Rossiya-Ukraina urushi gaz ta'minotini qisqartirishidan xavotirlar tufayli oshib bormoqda. Rossiyaning Ukrainani bombardimon qilishlari va raketa hujumlari tufayli tabiiy gaz infratuzilmasi zarar ko'rishi va gaz oqimining to'xtashi mumkinligi haqidagi taxminlar narxlarni oshirmoqda.

Agar urush davom etsa, neft va tabiiy gaz etkazib beruvchilarga nisbatan sanksiyalar qo'llanilishi ehtimoli ham narxlarga ta'sir qiladi.

Hozirda Yevropa Ittifoqi davlatlari tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojining qariyb 40 foizini Rossiyadan ta’minlaydi.

.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #tabiiy gaz

Aloqador xabarlar