Yanvar oyida Antaliyaga 138 ming 604 nafar xorijlik sayyoh keldi

Yanvar oyida Antaliyaga havo yo'li orqali xorijdan 138 ming 604 nafar turist keldi. Ulardan 43 ming 219 nafarini rus sayyohlar tashkil qildi. Bu ko'rsatgich 36,68 foizni tashkil qiladi.

1772908
Yanvar oyida Antaliyaga 138 ming 604 nafar xorijlik sayyoh keldi

 

Joriy yilning yanvar oyida Turkiyaning Antaliya shahriga 138 ming 604 nafar xorijlik sayyoh keldi.

Turizmda 2019-yilgi rekordni yangilashni maqsad qilgan Antaliya 2022-yilni ko'tarinki kayfiyat bilan kutib oldi.

Xavfsiz turizm sertifikati va turizm sohasida olib borilayotgan katta islohotlar Antaliyaga tashrif buyuruvchi sayyohlar e'tiborini o'ziga jalb qildi.

Yanvar oyida Antaliyaga havo yo'li orqali xorijdan 138 ming 604 nafar turist keldi. Ulardan 43 ming 219 nafarini rus sayyohlar tashkil qildi. Bu ko'rsatgich 36,68 foizni tashkil qiladi. Bu yil Turkiyaga sayyoh yuborgan davlatlar ro'yxatida Rossiya birinchi o'rinni egalladi. 

Rossiya - 43 ming 219 sayyoh

Germaniya -  22 ming 38 sayyoh

Britaniya - 5987 sayyoh

Polsha - 4732 sayyoh

Qozog'iston - 4570 sayyoh

O'tgan yili Turkiyaga cheklangan muddatga sayohat cheklovini joriy etgan Buyuk Britaniya sayohat cheklovini bekor qilishi bilan ingliz sayyohlar yana Antaliyani tanladilar.  2021-yil yanvar oyida Britaniyadan 123 nafar sayyoh kelgan bo'lsa, bu ko'rsatgich 2022-yil yanvarida 5987 nafarga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #turist , #Antaliya

Aloqador xabarlar