O'zbekistonda Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda elektr stansiyasi bunyod etiladi

O‘zbekiston Prezidenti  Shavkat Mirziyoyev “Sirdaryo viloyatida quvvati 220 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

1733062
O'zbekistonda Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda elektr stansiyasi bunyod etiladi

 

O‘zbekiston Prezidenti  Shavkat Mirziyoyev “Sirdaryo viloyatida quvvati 220 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatda elektr energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan-to’g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini energiya resurslari bilan barqaror va sifatli taʼminlash vazifalari belgilangan.

O‘zbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turkiyaning “Cengiz Enerji Sanayii ve Ticaret A.Ş.” (investor) va  “Cenergo” MCHJ (loyiha) kompaniyalari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida quvvati 220 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshiradi.

Investor va loyiha kompaniyasi stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish hamda 25 yil davomida ekspluatatsiya qilish majburiyatlarini oladi. Investor loyihani amalga oshirish uchun 140 million AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etadi.

Bundan tashqari, loyiha kompaniyasi qurilish davridagi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 1,6 million AQSH dollari miqdorida bank kafolatini taqdim etishi nazarda tutilmoqda.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiq 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini oladi va elektr energiyasi uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshiradi.

Qarorga ko‘ra, Sirdaryo viloyati hokimligi o‘n kun muddatda Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan shartlarga mos keladigan yer uchastkasining Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beradi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar