Turkiyada qiymati 1,2 milliard dollarlik oltinga ega kon topildi
Bu yerda qiymati 1,2 milliard dollarlik 20 tonnaga yaqin oltin hamda 2,8 million dollarlik 3,5 tonna kumush borligi aytilmoqda.
Turkiyada qiymati 1,2 milliard dollarga teng 20 tonna oltinga ega kon topildi. Shuningdek, 2.8 mln dollarlik 3.5 tonna kumush zaxirasi aniqlandi. Bu haqda Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qimmatbaho metallar zaxirasiga ega bo’lgan kon “Koza Altin” oltin qazib olish kompaniyasi tomonidan Ag’ri viloyatining Mullaqora qishlog‘i hududida topilgan.
Bu yerda qiymati 1,2 milliard dollarlik 20 tonnaga yaqin oltin hamda 2,8 million dollarlik 3,5 tonna kumush borligi aytilmoqda.
Avvalroq, Turkiyaning Bilejik viloyatiga qarashli 18 ming aholiga ega Sog’ut tumanida ham 99 tonnaga yaqin oltin zaxirasiga ega yirik kon aniqlangandi.
Aloqador xabarlar
Turkiyaning mebel eksportida o‘sish kuzatildi
Taklaji: Mebel eksporti bo‘yicha Xitoy dunyoda yetakchi, Turkiya esa 9 - o‘rinda.