Turkiya va Pokiston kemasozlik bo’yicha 33.46 mln dollarlik shartnoma imzoladi

Istanbulda faoliyat ko’rsatgan “Sanmar” kompaniyasi shartnomaga muvofiq, Pokistonda 12 oy ichida 33.46 mln dollar qiymatida 4ta ASD kema tortish texnologiyasi va 2 ta yo’l ko’rsatuvchi kema quradi.

1611925
Turkiya va Pokiston kemasozlik bo’yicha 33.46 mln dollarlik shartnoma imzoladi

 

Pokiston va Turkiya o’rtasida kemasozlik bo’yicha 33.46 mln dollarlik shartnoma imzolandi.

Bu haqda Pokiston dengiz ishlari vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, poytaxt Islomobodda o’tkazilgan imzolash marosimiga Pokiston dengiz ishlari vaziri Sayid Ali Haydar Zaidiy, Turkiyaning Pokistondagi Faxqulodda va muhtor elchisi Ihsan Mustafo Yurdakul va “Sanmar” kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

Mazkur shartnoma ikki qardosh mamlakat o’rtasida tashlangan muhim qadamlardan biri bo’lib hisoblanadi.

Pokiston dengiz ishlari vaziri Sayid Ali Haydar Zaidiy marosimda so’zga chiqib, Turkiyaning “Sanmar” kompaniyasini Pokistonda kemasozlik zavodi qurishga va texnologiya yetkazishga taklif qildi.

Istanbulda faoliyat ko’rsatgan “Sanmar” kompaniyasi shartnomaga muvofiq, Pokistonda 12 oy ichida 33.46 mln dollar qiymatida 4ta ASD kema tortish texnologiyasi va 2 ta yo’l ko’rsatuvchi kema quradi.


Tanlangan kalimalar: #shartnoma , #kemasozlik , #Pokiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar