BMT suriyalik muhojirlar uchun 10 milliard dollar yordam so‘radi

BMT xalqaro hamjamiyatdan suriyalik muhojirlar uchun 10 milliard dollar yordam so‘radi.

1610348
BMT suriyalik muhojirlar uchun 10 milliard dollar yordam so‘radi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Belgiya poytaxti Bryusseldagi Suriya yig‘ilishidan oldin yordamga muhtoj 24 million suriyalik uchun 10 milliard dollar yordam so‘radi.

BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha idorasi, BMTning muhojirlar huquqi bo‘yicha oliy komissari va BMTning taraqqiyot dasturi mushtarak ravishda bayonot berib unda, xalqaro hamjamiyatni suriyaliklarga yordam berishga chaqirdi.

Suriyaliklarning ochlik va yo‘qchiligining ortganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, qo‘shni davlatlarning esa har 5 nafar suriyalikdan 4 nafariga quchoq ochgani ifoda etildi.

Mamlakatda va qo‘shni davlatlarda bu yil yordamga muhtoj suriyaliklar sonining 20 milliondan 24 millionga chiqqani yodga solingan bayonotda, 2021 - yili suriyaliklarning ehtiyoji qondirilishi uchun 10 milliard dollarga ehtiyoj borligi undan 4.2 milliardining Suriyada, 5.8 milliardining esa qo‘shni davlatlardagi muhojirlar uchun sarflanishi qayd etildi.



Aloqador xabarlar