Turkiya bilan Bangladesh savdo hajmini 2 milliard dollarga chiqarmoqchi

Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Bangladesh poytaxti Dakkaga borar ekan u yerda Bangladesh Tashqi Ishlar vaziri Abul Kalam Momen bilan bo‘lgan uchrashuvi ortidan uyushtirilgan matbuot anumanida gapirdi.

1550640
Turkiya bilan Bangladesh savdo hajmini 2 milliard dollarga chiqarmoqchi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Bangladesh bilan 2 milliard dollarlik savdo hajmi rejasiga eng yaqin kelajakda yetishga ishonchi komil ekanini qayd etdi.  

Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Bangladesh poytaxti Dakkaga borar ekan u yerda Bangladesh Tashqi Ishlar vaziri Abul Kalam Momen bilan bo‘lgan uchrashuvi ortidan uyushtirilgan matbuot anumanida gapirdi.

Ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmining o‘tgan yili qariyb 1 milliard dollarni tashkil etganini yodga solgan Chavusho‘g‘lu, kasbdoshi Momenning Turkiyaga bo‘lgan tashrifi chog‘ida, ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmining 2 milliard dollarga chiqarilishi haqidagi rejalarning kun tartibiga olib chiqilganini yodga soldi.

Bangladesh bilan sog‘likni saqlash tarmog‘idagi hamkorlikka ham to‘xtalgan Chavusho‘g‘lu,

“Shuningdek, Bangladeshda turk kasalxonasining qanday qurilishini ham muhokama qilyapmiz va turli xil modellar ustida ish olib bormoqdamiz. Umid qilamanki kelajakda bu yerda, Bangladeshda kasalxonalar qura olamiz”.- deya gapirdi.

Chavusho‘g‘lu, arakanlik musulmonlar haqida esa:

“Arakan xalqiga bergan katta yordami uchun Bangladeshga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. Buning katta yuk ekanini bilamiz va bu yuk xalqaro hamjamiyat tomonidan bo‘lishilishi lozim. Turkiya sifatida bu himoyasiz insonlar bilan Bangladeshni boshidan beri qo‘llab - quvvatlamoqdamiz va kelajakda ham qo‘llab - quvvatlashni davom etamiz”. - deya gapirdi.

Bangladesh Tashqi Ishlar vaziri Abul Kalam Momen ham yig‘ilish oldidan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikkala mamlakatning siyosiy va savdo munosabatlardan tashqari investitsiya, ijtimoiy - iqtisodiy rivoj, Covid - 19 ga qarshi kurash va arakanlik musulmonlar masalasining muhokama qilinganini qayd etdi.

Momen, ayniqsa Rohingiya muammosi jarayonida Turkiya va turk xalqining Bangladeshga bo‘lgan yordami uchun chuqur minnatdorchilik bildirib,

“Turkiya, yillar davomida haqiqiy va ishonchli do‘st ekanini namoyon etdi”. - dedi.  

Covid - 19 pandemiyasi yuzasidan duch kelingan murakkab kunlarning, dunyoning barcha davlatlarining o‘z xususiyatlarini bir chetga qo‘yib bir yoqadan bosh, bir yengdan qo‘l chiqarish yo‘li orqaligina yengish mumkiniligini ifoda etgan Momen,

“Turkiyani pandemiyaga qarshi katta muvaffaqiyati va boshlatgan insoniy tashabbuslari uchun tabriklayman. Ular orasida Bangladesh ham o‘rin olgan dunyoning 140 davlatiga tibbiy jihatdan yordam ashyosi yuborildi. Biz ham huddi mana shu yordamlar asosida Turkiyadan tibbiy asbob - uskunalar oldik”. - dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bangladesh , #savdo hajmi

Aloqador xabarlar