Turkiya dunyonnig 87 ta davlatida avtobus, mikroavtobus va midibus eksport qildi

Turkiya 8 oyda dunyoning 87 davlatiga 916 million 533 ming dollarlik avtobus, mikroavtobus va midibus eksport qildi.

1495939
Turkiya dunyonnig 87 ta davlatida avtobus, mikroavtobus va midibus eksport qildi

Turkiyadan joriy yilning yanvar oyidan avgust oyigacha dunyoning 87 davlatiga 916 million 533 ming dollarlik avtobus, mikroavtobus va midibus eksport qilindi.

Bu davr mobaynida bu bo‘yicha eng ko‘p Fransiyaga, 154 million 782 ming dollarlik eksport yo‘lga qo‘yildi.

Ikkinchi o‘rinda Germaniyaga 147 million 109 ming dollarlik, uchinchi o‘rinda esa Italiyaga 89 million 617 ming dollarlik avtobus, mikroavtobus va midibus sotildi.

Ko‘proq Yevropa davlatlarini o‘z ichiga olgan bu boradagi tashqi savdoda to‘rtinchi o‘rindagi Marokashda bu vaqt mobaynida o’tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 27.79 foizlik ortish qayd etildi. Unga ko‘ra eskport daromadi 27 million 876 ming dollardan 35 million 623 ming dollarga ko‘tarildi.

Tarmoq vakillari Britaniyaga 33 million 623 ming dollar, Norvegiyaga esa 29 million 769 ming dollarlik mahsulot sotilishiga qo‘l qo‘ydi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilarining Yevropa bozorlaridan Chexiyaga bo‘lgan eksportidagi o‘sish ham e’tiborlarni o‘ziga qaratdi. Chunki Chexiyaga yo‘lga qo‘yilgan eksportda o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 112 foizlik ortish kuzatilar ekan qo‘lga kiritilgan daromad 12 million 385 ming dollardan 26 million 259 ming dollarga yetdi.  

Rossiyaga bo‘lga eksport esa 376.11 foizlik ortish bilan 4 million 912 ming dollardan 23 million 386 ming dollarga chiqdi.

Avtomobil ishlab chiqarish tarmog‘i oxirgi davrlarda rivojlangan bozorlardan Meksikaga tashqi sotishini 244.32 foiz orttirdi. Bunga ko‘ra 2020 – yilning yanvar oyidan avgust oyigacha yo‘lga qo‘yilgan eksport 15 million 250 ming dollar deb qayd etildi.  

Tarmoq vakillari shuningdek Polsha, Avstriya, Ispaniya, Serbiya, Isroil va Vengriyaga yigirma million dollardan; Belgiya, Xorvatiya, Shvetsiya, Bolgariya, Ruminiya va Ozarbayjonga esa on million dolardan ortiq eksport yo‘lga qo‘ydi.



Aloqador xabarlar