Turkiya joriy yilda 1895 tonna choy eksport qildi

Bundan tushgan daromad 7 mln 587 ming 963 dollarni tashkil qildi. Bu o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 57.6 foiz ortish demakdir.

1457728
Turkiya joriy yilda 1895 tonna choy eksport qildi

 

Turkiya joriy yilning dastlabki choragida 97 davlatga 1895 tonna choy eksport qildi.

Bundan tushgan daromad 7 mln 587 ming 963 dollarni tashkil qildi.

Bu o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 57.6 foiz ortish demakdir.

O’tgan yilning yanvar-iyun oylarida 1504 tonna choy eksport qilingan bo’lsa, bundan tushgan daromad 4 mln 815 ming 385 dollarni tashkil qilgandi.

Bunga ko’ra, Turkiyadan joriy yilning dastlabki choragida amalga oshirilgan choy eksporti o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan miqdor jihatidan 26 foiz, qiymat jihatidan esa 57.6 foiz ortish ko’rsatdi.

Bu davrda Turkiyadan eng ko’p choy import qilgan davlatlar asosan Belgiya, Germaniya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #eksport , #choy , #Turkiya

Aloqador xabarlar