Turkiyada meva-sabzavot eksporti joriy yilning dastlabki yarmida 20 foizga oshdi

“Turkiya ho’l meva-sabzavotlarni 2-3 kun ichida Yevropaga yetkazib berish jihatidan katta imkoniyatga ega. Biz nafaqat Yevropaga, balki Rossiyaga ham osonlikcha mahsulot yetkazib bera olamiz"-dedi Uludag’ Ho’l meva-sabzavot eksportchilari ittifoqi rahbari

1440060
Turkiyada meva-sabzavot eksporti joriy yilning dastlabki yarmida 20 foizga oshdi

 

Turkiyada meva-sabzavot eksporti joriy yilning dastlabki yarmida 20 foizga oshdi.

Uludag’ Ho’l meva-sabzavot eksportchilari ittifoqi ma’lum qilishicha, koronavirus tarqalishi oqibatida global tashqi bozorda katta o’zgarishlar kuzatildi. Turkiya ushbu murakkab jarayonda sharoitdan oqilona foydalanishga muvaffaq bo’ldi.

“Turkiya ho’l meva-sabzavotlarni 2-3 kun ichida Yevropaga yetkazib berish jihatidan katta imkoniyatga ega. Biz nafaqat Yevropaga, balki Rossiyaga ham osonlikcha mahsulot yetkazib bera olamiz. Skandinaviya davlatlari ham oxirgi yillarda biz uchun muqobil tashqi bozorga aylandi. Bundan tashqari, Uzoq sharq davlatlari ham ho’l meva-sabzavot eksportida muhim o’ringa ega”,-deb ma’lum qiladi ittifoq yetakchilari.

 


Tanlangan kalimalar: #eksport , #meva-sabzavot , #Turkiya

Aloqador xabarlar