Egey dengizidan Gretsiyaga yo‘lga chiqqan muhojirlar qutqarildi

Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatining Ayvajik va Bozjaada tumanlaridagi dengiz qirg‘og‘idan uzoq nuqtada 125 muhojir qutqarildi.

1436971
Egey dengizidan Gretsiyaga yo‘lga chiqqan muhojirlar qutqarildi

Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatining Ayvajik va Bozjaada tumanlaridagi dengiz qirg‘og‘idan uzoq nuqtada 125 muhojir qutqarildi.

Gretsiyaning Lesbos oroliga o‘tmoqchi bo‘lgan muhojirlar, 2 ta puflangan qayiq orqali Egey dengizidan yo‘lga chiqdi.

Yunon Sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan va dunyoning turli davlatlarining fuqarolari ekanligi aniqlangan muhojirlardan 29 nafari Babakale, 69 nafari Sivrijedagi dengiz qirg‘og‘idan uzoq nuqtada aniqlanib, Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligi qayiqlariga olindi. 

Quriqlikka olib chiqilgan 98 kishi, Sohil Xavfsizlik politsiya bo‘limiga olib kelindi.

Bozjaada tumanidagi dengiz qirg‘og‘idan uzoq nuqtada puflangan qayiqlari buzilgan 27 nafar muhojir ham sohil xavfsizlik xizmatidan yordam so‘radi. Qutqarilgan muhojirlar, qirg‘oqqa olib chiqildi.



Aloqador xabarlar