AQShdagi Turk fuqarolari uchun THY tomonidan maxsus reyslar uyushtiriladi

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi tufayli AQShdagi Turk fuqarolari uchun THY tomonidan maxsus reyslar uyushtiriladi.

1413255
AQShdagi Turk fuqarolari uchun THY tomonidan maxsus reyslar uyushtiriladi

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi tufayli Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Turk fuqarolari uchun Turk Havo yo‘llari tomonidan Nyu-York, Chikago, Xyuston va Mayamidan maxsus reyslar uyushtiriladi.

Turkiyaning Vashington elchixonasi tomonidan bu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, nomi tilga olingan maxsus reyslarning 15 – mayda Nyu-York va Chikagodan, 17 – mayda esa Xyuston va Mayamidan yo‘lga qo‘yilishi qayd etildi. 

Bayonotda, reys yo‘lga qo‘yilgan kuni Covid – 19 alomatlari kuzatilgan yoki ungacha Covid – 19 tashhisi qo‘yilgan yo‘lovchilarning imkondan foydalanishiga ruxsat berilmasligi ma’lum qilindi.

Nomi tilga olingan reyslar orqali Turkiyaga kelmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar mamlakatga kirishlaridan e’tiboran 14 kun karantinda tutiladi.

AQSh bilan Turkiya o‘rtasidagi reyslarning 27- 28 mart kunlari to‘xtatilishi ortidan mamlakatga kelolmagan Turk fuqarolari uchun 23- 24 aprel kunlari Vashington, Nyu-York va Los-Anjelesdan 3 maxsus reys uyushtirilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turk fuqarolari , #THY , #AQSh , #koronavirus

Aloqador xabarlar