Yevropa Ittifoqi 10 davlatga 3 mlrd evro mablag' ajratmoqchi...

Yevrokomissiya pandemiyaga qarshi kurashishda ko’maklashish maqsadida 10 davlatga moddiy yordam o’tkazish to’g’risidagi taklif qabul qilinganligini ma’lum qildi.

1403461
Yevropa Ittifoqi 10 davlatga 3 mlrd evro mablag' ajratmoqchi...

 

Yevropa Ittifoqi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga hissa qo’shish maqsadida 10 davlatga jami 3 mlrd evro moddiy yordam ko’rsatishga tayyorlanmoqda.

Yevrokomissiya pandemiyaga qarshi kurashishda ko’maklashish maqsadida 10 davlatga moddiy yordam o’tkazish to’g’risidagi taklif qabul qilinganligini ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, Albaniyaga 180 mln evro, Bosniya-Gersegovinaga 250 mln evro, Gruziyaga 150 mln evro, Iordaniyaga 200 mln evro, Kosovaga 100 mln evro, Moldovaga 100 mln evro, Chernogoriyaga 60 mln evro, Shimoliy Makedoniyaga 160 mln evro, Tunisga 600 mln evro va Ukrainaga 1.2 mlrd evro makro finans yordami ajratiladi.

Yevropa Ittifoqi odatda yaqin atrofidagi davlatlarga iqtisodiy inqiroz sharoitida makro finans yordami qatorida mablag’ o’tkazishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi fondlari ushbu davlatlarning normal shartlarda oladigan kreditlardan ham arzonroq to’lash imkoniyatini beradi.

Ushbu makro finans yordami Yevropa Parlamenti va Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan ham tasdiqlanishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar