Fransiya iqtisodiyoti ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta inqiroz arafasida...

Fransiya markaziy banki mamlakatdagi yalpi ichki mahsulot koronavirus tufayli joriy yilning dastlabki 3 oyida 6 foizga pasayganligini ma’lum qildi.

1393853

Bu esa Fransiya tarixidagi ikkinchi jahon urushidan (1945 yil) keyingi eng katta yo‘qotish hisoblanadi.

Fransiya hukumatining mart oyida o‘tkazgan shoshilinch yig‘ilishida joriy yilda mamlakat iqtisodiyoti 1 foizga pasayishi mumkinligi qayd etilgandi.

Biroq, koronavirus tarqalishi tezlashgandan keyingi hisob-kitoblar zarar kutilganidan ham ancha katta bo‘lishini ko‘rsatdi.

Mart oyining ikkinchi yarmidagi iqtisodiy vaziyat avvalgi yilning mart oyiga nisbatan 32 foiz pasayish ko’rsatdi.

Markaziy bank mamlakatda olinayotgan koronavirusga qarshi chora tadbirlar yalpi ichki mahsulotning 15 kunda bir 1.5 foiz pasayishiga olib kelishini taxmin qilmoqda.

Fransiya matbuotidagi xabarlarga ko’ra, ushbu iqtisodiy pasayish natijasida davlat iqtisodiyoti katta yo’qotishga uchradi.

Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #iqtisodiyot , #Fransiya

Aloqador xabarlar