Jahon banki Pokistonga 200 mln dollar mablag’ ajratdi

Jahon banki Pokistonga koronavirus epidemiyasiga qarshi kurash uchun 200 mln dollar mablag’ ajratdi.

1391544
Jahon banki Pokistonga 200 mln dollar mablag’ ajratdi

 

Jahon banki Pokistonga koronavirus epidemiyasiga qarshi kurash uchun 200 mln dollar mablag’ ajratdi.

Jahon bankidan olingan ma’lumotga ko’ra, mamlakatda salomatlik tizimini mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni yengillatish, kam ta’minlangan oilalarni oziq-ovqat bilan ta’minlash, epidemiya tufayli maktabga bora olmayotgan millionlab o’quvchilarga darslik materiallarini yetkazish va ularni muhofaza qilish uchun olinadigan chora tadbirlarni kuchaytirish uchun Pokistonga yordam qatorida 200 mln dollar mablag’ o’tkazish tasdiqlandi.

Jahon bankining Pokiston bo’yicha vakiliIllango Patchamuthu Kovid-19 epidemiyasining keng tarqalishini oldini olish maqsadida Pokiston va uning xalqiga yordamlar oshirilganligini ma’lum qildi.

Hozirda Pokistonda koronavirusga chalinganlar soni 2708 kishini tashkil qilmoqda. Koronavirusdan vafot etganlar soni 40 kishiga yetdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Pokiston , #Jahon banki

Aloqador xabarlar