Turkiya turizm tarmog’ida 2023-yilgi rejasiga yaqinlashib qoldi

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra Turkiya turizmda 2023-yilga kelib 75 milliondan ortiq sayyohni qabul qilish va sayyohlar industriyasida 65 milliard dollar ishlab olish rejasiga yaqinlashib qoldi.

1297931
Turkiya turizm tarmog’ida 2023-yilgi rejasiga yaqinlashib qoldi

Turkiya yilning 9 oyida 41.6 million sayyohni mehmon qildi. Undan 26.63 milliard AQSh dollari daromad qo’lga kiritdi.

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Turkiya turizmda 2023-yilga kelib 75 milliondan ortiq sayyohni qabul qilish va sayyohlar industriyasida 65 milliard dollar ishlab olish rejasiga yaqinlashib qoldi.

Madaniyat va turizm vazirligi bilan Turkiya statistika qo’mitasi manbaalari, Turkiyaga yilning 9 oyida 41 million 564 ming 536 nafar sayyohning kelganligini ko’rsatmoqda.  

Vazirlikning joriy yilning yanvar oyidan sentabr oyigacha bo’lgan statistikasiga ko’ra Turkiya o’tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 9 oyda 14.50 foizlik ortish bilan 36 million 428 ming 212 nafar chet ellikni mehmon qilgan.

Turkiya statistika qo’mitasining uchunchi chorak ma’lumotlari bo’yicha esa mamlakatga 5 million 136 ming 324 nafar chet el fuqarosi kelgan.

Uchunchi chorakda 14 milliard dollar turizm daromadiga qo’l yetkazilgan holda, 9 oyda 26 milliard 634 million 764 ming dollar turizm daromadi qo’lga kiritildi.

Yilning uchunchi choragi va 9 oydagi kishi boshiga tushadigan xarajat miqdori esa 649 dollarni tashkil etdi.

Madaniyat va turizm vazirligining 2019-yilning sentabr oyidagi statistikalarida, 2018-yilning huddi shu oyiga nisbatan, chet etllik sayyohlar soni 13.23 foizlik ortish bilan 5 million 426 ming 818 nafarga yetdi.

Turkiyaga 2019-yilning yanvar oyidan boshlab sentabr oyigacha eng ko’p sayyoh yuborgan mamlakatlar ro’yhatida 2018-yilning huddi shu davriga nisbatan 15. 28 foizlik ortish bilan Rossiya birinchi o’rinda, 12.43 foizlik ortish bilan Germaniya ikkinchi va 16.05 foizlik ortish bilan esa Britaniya uchinchi o’rinda.

Britaniyadan keyingi qatorda Bolgariya o’rin olar ekan uni Eron kuzatdi.  

Bu yilning sentabr oyida Rossiya Federatsiyasi eng ko’p sayyoh yuborgan mamlakat qatorida 14.70 foizlik ortish bilan birinchi o’rinda edi.

Germaniya 6 foizlik ortish bilan ikkinchi, Britaniya esa 9.64 foizlik ortish bilan uchinchi o’rinda edi.

Britaniyani eng ko’p sayoh yuborgan mamlakatlar qatorida Bolgariya, Bolgariyani esa Eron kuzatdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #turizm tarmog'i , #turizm

Aloqador xabarlar