Putin: “Vengriyaning Turk oqimi loyihasiga qo’shilishi o’zining foydasiga”.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan bo’lgan uchrashuvi ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida gapirgan Putin, Rossiyaning Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berishi masalasida Vengriyaning muhim sherik sifatida qabul qilinganligini ma’lum qildi

1297728
Putin: “Vengriyaning Turk oqimi loyihasiga qo’shilishi o’zining foydasiga”.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning qayd etishicha, Vengriya Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasi loyihasiga qo’shilish orqali o’zining energiya xavfsizligi masalasini ta’minlay olishi mumkin.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan bo’lgan uchrashuvi ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida gapirgan Putin, Rossiyaning Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berishi masalasida Vengriyaning muhim sherik sifatida qabul qilinganligini ma’lum qildi.

Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasining 2019-yilning oxirigacha tamomlanishini, kelasi yili esa Bolgariya va Serbiya qismida faoliyatlarning olib borilishini eslatib o’tgan Putin, Vengriya qismida esa faqatgina 15 kilometrlik sohada faoliyatlarning olib borilishi kerakligini ifoda etdi.

Putin, “Vengriyaning Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasi loyihasiga qo’shilishi o’zining foydasiga. Vengriya bu orqali o’z energiya xavfsizligini ta’minlay oladi” dedi.

Rossiya bilan Vengriyaning energiya sohasidagi hamkorligining davom etganligini ta’kidlagan Putin, Vengriyaning neftga bo’lgan ehtiyojining 60 foizini Rossiya tomonidan ta’minlanganligini va mamlakatning bittayu-bitta energiya stansiyasi hisoblangan PAKSga Rossiya tomonidan ikkita qo’shimcha blok qurilishi jarayonining davom etganligi ma’lum qildi.

Orban esa Vengriyaning geografik jihatdan Rossiya, Germaniya va Turkiyaning o’rtasida o’rin olganligini va mazkur davlatlar bilan yaxshi til topishish siyosati olib borayotganligini qayd etdi.

Yurtining energiya xavfsizligiga alohida e’tibor berganligini eslatib o’tgan Orban, Vengriyaga Rossiyaning tabiiy gazining faqatgina Ukraina orqali emas dunyoning boshqa davlatlari orqali ham yetkazib berilishini xohlaganliklarini belgilab o’tgan holda,

“Turk oqimi bir tanlovdir. Unga qanchalik erta bog’lansak ana shunchalik yaxshidir” deya gapirdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Vengriya , #Turk oqimi

Aloqador xabarlar