Antaliyaga kelgan sayyohlar soni bo'yicha bu yil rekord o'rnatildi

Turkiyaning Antaliya shahriga kelgan sayyohlar soni bo’yicha bu yil rekord o’rnatildi.

1257682
Antaliyaga kelgan sayyohlar soni bo'yicha bu yil rekord o'rnatildi

Turkiyaning Antaliya shahriga kelgan sayyohlar soni 10 million 5 ming 323 nafarga yetar ekan bu bo’yicha rekord o’rnatildi.

Viloyat Madaniyat va turizm yetakchiligi tomonidan Antaliya va Gazipasha aeroportlari ma’lumotiga tayangan holda berilgan bayonotga ko’ra shu yilning 1-yanvaridan boshlab 22-avgustigacha shaharga kelgan sayyohlar soni 10 milliondan ortgan.

Bundan 2 yil muqaddam yani 2017-yilning huddi shu davrida 6 million 609 ming 636 nafar sayyohni kuzatgan shahar, o’tgan 2018-yili 8 million 586 ming 11 nafar sayyohga mezbonlik qilgandi.

Bu yilning shu davrida esa Antaliyaga 10 million 5 ming 323 nafar sayyoh keldi va bu orqali har doimgiga nisbatan 17 foizlik ortish kuzatilib, bu bo’yicha rekord o’rnatilgan.

Shuningdek Antaliyaga eng ko’p Rossiyadan, keyin esa Germaniyadan sayyohlar tashrif buyurgan.



Aloqador xabarlar