Turkiya tibbiy jihatdan shifobaxsh hisoblangan termal suvlari bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda

Turkiyadagi barcha issiq buloqlar va termal suvlarning qanday kasalliklarga shifo bo’lishi haqida ma’lumot olishlik yo’llari, bunday buyon qulaylashdi.

1252788
Turkiya tibbiy jihatdan shifobaxsh hisoblangan termal suvlari bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda

Turkiyadagi barcha issiq buloqlar va termal suvlarning qanday kasalliklarga shifo bo’lishi haqida ma’lumot olishlik yo’llari, bunday buyon qulaylashdi.

Sog’likni saqlash vaziri Fahrettin Kojaning qayd etishicha, bu haqida ma’lumot olmoqchi bo’lganlar www.kaplica.saglik.gov.tr sayti orqali Turkiyadagi barcha issiq buloqlar va termal suvlarning qanday kasalliklarga shifo bo’lishi haqida to’liq ma’lumot olishi mumkin.

Fahrettin Kojaning bu haqida yozma ravishda bergan bayonotiga ko’ra, Turkiya tibbiy jihatdan shifobaxsh termal suvlari bo’yicha Yevropada ham, dunyoda ham birinchi o’rinda.

Sog'liqni saqlash turizmi nuqtai nazaridan ham muhim hisoblangan issiq buloqlarga bo’lgan talab borgan sayin ortib borayotganligiga e’tibor qaratgan Fahrettin Koja, termal suvlarning tabiiy yo’llar orqali shifobaxsh xususiyatga ega bo’lishidan tashqari zamonaviy hayot sharoitlaridan uzoqlashib, yaxshi dam olish jihatidan ham alohida o'ringa ega ekanligini qayd etdi.

Koja shuningdek,

“Turkiya bo’ylab roppa-rosa 40 ta viloyatimizda 264 ta issiq buloq, 3 ta viloyatimizda 8 ta talassoterapiya, 5 ta viloyatimizda esa 8 ta peloid ta’sisi vazirligimiz ruxsati bilan xalqqa xizmat qilmoqda. Anqara, Bursa va Afyon yurtimizdagi eng ko’p ta’sisiga ega bo’lgan viloyatlarimiz hisoblanadi” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar