Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi Iroqqa 1 mlrd dollarlik kredit beradi

Iroq hukumati mamlakat janubidagi neftni qayta ishlash zavodi faoliyatini rivojlantirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan 1 mlrd dollarlik kredit shartnomasi imzoladi.

1219714

Iroq moliya vazirligi binosida amalga oshirilgan imzo marosimiga vazir Fuad Husayin bilan Yaponiyaning Iroqdagi favqulodda va muhtor elchisi Naofumi Hashimoto ishtirok etdi.

Moliya vazirligi ma’lum qilishicha, kredit miqdori taxminan 1 mlrd dollarni tashkil qiladi, kreditni to’lash uchun 40 yil muddat belgilandi.

Mazkur shartnoma neft mahsulotlarining sifatini oshirishni qo’llab-quvvatlash uchun Basradagi neftni qayta ishlash zavodini rivojlantirish va neft mahsulotlari bilan ishlab chiqarish hajmini oshirib, Iroqning ehtiyojlarini ta’minlashni maqsad qiladi.

Eslatish joizki, Yaponiya avvalgi yillarda ham Iroq hukumatiga mamlakat janubidagi portlar bilan bir qatorda, elektr va neft kabi energiya sektorlarini rivojlantirish uchun kredit ajratgan edi.

Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Yaponiya , #kredit , #neftni qayta ishlash

Aloqador xabarlar