Yangi aeroportning ochilishi bilan 10 ta firma Istanbulga safar uyushtira boshladi

Transport va infratuzilma vaziri Jahit Turhan, kecha Istanbul aeroportlari Jurnalistlar uyushmasi matbuot palatasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

1208066
Yangi aeroportning ochilishi bilan 10 ta firma Istanbulga safar uyushtira boshladi

Transport va infratuzilma vaziri Jahit Turhan uchishlarning Istanbul aeroportiga ko’chirilishi bilan dunyoning 9 davlatidan 10 ta firmaning birinchi marotaba Istanbulga safar uyushtira boshlaganligini qayd etdi.

Jahit Turhan kecha Istanbul aeroportlari Jurnalistlar uyushmasi matbuot palatasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Transport va infratuzilma vaziri Jahit Turhan, Turk aviatsiyasining milliy va xalqaro tarmoqda katta muvaffaqiyatlarga imzo chekkanligini, 2002-yili 2 ta markazdan 26 ta nuqtaga uyushtirilgan ichki reyslarning bugungi kunga kelib 7 ta markazdan 56 nuqtaga yo’lga qo’yilganligini aytib o’tdi.

Xalqaro reyslarda esa 2003-yili 2 ta aviakompaniyaning biznes-xizmati bilan dunyoning 50 ta davlatida 60 ta nuqtaga safar uyushtirilganligini, 2018-yilning oxirida esa buning 124 davlatdan 318 ta nuqtaga yetganligini ta’kidlagan Turhan,

“Bu muvaffaqiyatlar natijasida 2003-yili 34 million 400 ming nafarni tashkil etgan yo’lovchi soni rekord o’rnatgan holda, 210 millionga yetib qoldi. Oxirgi 10 yilda xalqaro havo transporti tarmog’ida Turkiya, dunyo miqyosining o’rtacha ko’rsatkichidan 3 barobarga ortdi. Uchoqlar soni 515ga, o’rindiqlar soni esa 97 ming 400 taga yetdi. Fuqaro aviatsiyasi tarmog’i aylanmasi 2018-yili 110 milliard liraga, ishga olingan personal soni esa 205 minga yetdi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Uchishlarning Istanbul aeroportiga ko’chirilishi bilan dunyoning 9 davlatidan 10 ta firmaning birinchi marotaba Istanbulga safar uyushtira boshlaganligini ham ifoda etgan Jahit Turhan,

“Ular Xitoy, Hindiston, Tunis, Chernogoriya, Jazoir va Efiopiyadan biz slot bergan havo yo’li firmalaridir” dedi.  

 

 



Aloqador xabarlar