Antaliya, qisqa vaqt ichida o’z aholi soniga teng mehmon kuzatdi

Turizm tarmog'ining poytaxti hisoblangan Antaliya, qisqa vaqt ichida o’z aholi soniga teng mehmon kuzatdi.

1202546
Antaliya, qisqa vaqt ichida o’z aholi soniga teng mehmon kuzatdi

Qariyb 2.5 million aholiga ega turizm tarmog’i poytaxti Antaliya 4.5 oyda dunyoning 178 davlatidan 2 million 347 ming 152 sayyohni mehmon qildi.

Antaliya Madaniyat va turizm yetakchiligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra dunyoning eng muhim turizm diyori qatorida o’rin olgan mazkur shaharda shu yilning 1-yanvaridan boshlab 15-mayigacha kelgan sayyohlar sonida, o’tgan yilga nisbatan 24 foizlik ortish kuzatilgan.

O’tgan yilning birinchi 4.5 oyida 1 million 891 ming 428 nafar chet ellik sayyohni mehmon qilgan Antaliya, bu yilning huddi shu davrida dunyoning 178 davlatidan 2 million 347 ming 152 sayyohni o’z quchog’iga oldi.

Bu orqali shahar, o’z aholi soniga teng mehmon kuzatdi.

Antaliyaga eng ko’p rossiyalik sayyohlar keldi.

Ular soni o’tgan yilga nisbatan 30 foizga ko’tarilgan holda, 819 ming 406 nafarga yetdi.

Rossiyalik sayyohlardan keyin Antaliyaga eng ko’p Germaniya (475 ming 198) va Angliyadan (140 ming 606) sayyohlar kelganligini aytish mumkin.

Angliyalik sayyohlarni niderlandiyalik, ukrainalik, polshalik, litvalik, isroillik, belgiyalik va daniyalik sayyohlar kuzatdi.



Aloqador xabarlar