Bolgariya ıqtisodiyot vaziri Karanikolov, Turkiyaning YIning strategik sherigi bo'lganini izohladi.

Bolgariya ıqtisodiyot vaziri Emil Karanikolov, Turkiyaning, Yevropa Ittifoqining strategik sherigi bo'lganini izohladi.

1131356
Bolgariya ıqtisodiyot vaziri Karanikolov, Turkiyaning YIning strategik sherigi bo'lganini izohladi.

 

Bolgariya Iqtisodiyot vaziri Emil Karanikolov, Turkiyaning, Yevropa Ittifoqi (YI)ning strategik sherigi bo'lganini izohladi.

Bolgar-Turk Tijorat va Sanoat Doirasi (BULTISHAD) tomonidan, mahalliy shirkatlar, rasmiy organ va tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish maqsadida poytaxt Sofiyada ofis ochildi.

Ochilish marosimining sharaf mehmoni Iqtisodiyot vaziri Emil Karanikolov, bergan bayonotida, "Bizning yaxshi qo'shnumiz Turkiya YI strategik sherigidir" dedi.

Yangi ofisning faoliyatlarini to'liq qo'llab-quvvatlashini ifoda etgan Karanikolov, so'zlarini quyidagicha davom ettirdi: "Turkiya-Bolgariya tijoriy aloqalari Turkiya-YI munosabati deganidir. Bu ma'noda Turkiya YI strategik sherigi hisoblanadi. O'zaro aloqalarni rivojlantirish uchun Turk xalqi, Turkiya hukumati, BULTISHAD va Turkiyaning Sofiya favqulodda va muxtor elchisi Hasan Ulusoyga ko'rsatgan g'ayratlari uchun tashakur bildiraman. O'tgan yili tijoratda yaxshi natijalar oldik. Umid qilamanki bu yil ham shunday bo'ladi" deb so'zladi.

Vazir Karanikolov, favrel oyi amaliy safar doirasida Turkiyaga tashrif etishini, aprel oyi esa Bulgar va Turk ishbilarmonlarning ishtirogida Bursada bo'ladigan ish forumiga qatnashishini qayd etdi.

Karanikolov, BULTISHAD ofisining oshilishin tezlashtirish maqsadida Bolgariya iqtisodiyot vaziri sifatida kerak bo'lgani kabi dastaklashini ham aytib o'tdi.

BULTISHADning 6 yil avval vujudga kelganiga va faol ravishda jadal rivojlanganini qayd etgan Turkiyaning Sofiya favqulodda va muxtor elchisi Hasan Ulusoy ham, "BULTISHAD muvaffaqiyatli ishlar bajardi va o'lkaning shimoli sharqidagi Shumen shahridan keyin Sofiyada ham o'zaro aloqalarning samarali bo'lishi, o'zaro uchrashuvlarni orttirish uchun ofis ochilgandir" dedi.



Aloqador xabarlar