Joriy yilning 11 oyida Turkiyaga 38 mlnga yaqin sayyoh keldi

Joriy yilning 11 oyida Turkiyaga kelgan xorijlik sayyohlar soni o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 22.25 foiz oshdi.

1115246
Joriy yilning 11 oyida Turkiyaga 38 mlnga yaqin sayyoh keldi

Joriy yilning 11 oyida Turkiyaga kelgan xorijlik sayyohlar soni o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 22.25 foiz oshdi.

Ya’ni, joriy yilning 11 oyida Turkiyaga xorijdan jami 37 mln 537 ming 696 nafar sayyoh keldi.

Xorij mamlakatlarda yashagan fuqarolarning Turkiyaga kelishi bilan bu raqam 43 millionga yaqinlashdi.

Joriy yilning yanvar-noyabr oyida xorijlik sayyohlarga mezbonlik qilgan shaharlar orasida Antaliya birinchi o’rinni, Istanbul ikkinchi, Edirne esa uchinchi o’rinni egalladi.

11 oy ichida Antaliyaga kelgan sayyohlar soni 12 mln 355 ming 65 nafarni tashkil qildi.

Bu vaqt mobaynida Istanbulga 12 mln 265 ming 177 nafar sayyoh keldi. Edirne shahriga esa, 3 mln 540 ming 874 nafar sayyoh keldi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #sayyoh , #xorijlik sayyoh , #Istanbul , #Antaliya

Aloqador xabarlar