Turkiyaning eksport hajmi 22.4% ortish ko’rsatdi

Tashqi savdo kamomadi sentyabr oyida 77.1% pasaygan holda, 1 mlrd 869 mln dollarni tashkil qildi.

1078775
Turkiyaning eksport hajmi 22.4% ortish ko’rsatdi

Turkiyaning eksport hajmi joriy yilning sentyabr oyida o’tgan yilning sentyabr oyiga nisbatan 22.4% ortish ko’rsatdi. Import esa, 18.3% kamaydi.

Tashqi savdo kamomadi sentyabr oyida 77.1% pasaygan holda, 1 mlrd 869 mln dollarni tashkil qildi.

Bu haqda Turkiya statistika tashkiloti ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, eksport hajmi sentyabr oyida 14 mlrd 456 mln dollarga oshdi.

O’tgan oyda Turkiyadan Germaniyaga 1 mlrd 421 mln dollar qiymatida mahsulot eksport qilindi.

Import esa, 16 mlrd 326 mln dollarga pasaydi.

Bu davrda tashqi savdo kamomadi 1 mlrd 869 mln dollarga pasaydi.

Eslatma: Eksport yanvar-sentyabr oylari mobaynida o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 7% oshgan holda, 123 mlrd 43 mln dollarni tashkil qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #tashqi savdo , #eksport , #import

Aloqador xabarlar