“Golden Goose”ning yangi oyoq kiyim modeli e’tirozlarga yo’l ochdi

“Golden Goose”ning yangi oyoq kiyim modeli ijtimoiy tarmoqlarda katta e’tirozlarga yo’l ochdi.

1055112
“Golden Goose”ning yangi oyoq kiyim modeli e’tirozlarga yo’l ochdi

Italiyaning mashhur “Golden Goose” brendi, ishlab chiqargan yangi oyoq kiyimi orqali katta janjalni boshlab qo’ydi. Chunki yuzlab yevroga sotishga chiqarilgan mazkur oyoq kiyim eskirgan ko’rinishda ishlab chiqarilgan. Shuning uchun ham “Golden Goose” brendi ko’pchilik tomonidan kambag'allarni masqara qilganlikda ayblanmoqda.

"Superstar taped sneakers" modelidagi ushbu oyoq kiyim Italiyada 375 yevroga, Amerika Qo’shma Shtatlarida esa 530 dollarga sotilmoqda. Eskirgan ko’rinishdagi kir va lenta bilan yopishtirib qo’yilgan oyoq kiyimning AQShda sotishga chiqarilgan narxi ijtimoiy tarmoqlarda katta e’tirozlarga yo’l ochmoqda.   

Tweitter foydalanuvchilari “Golden Goose” ning bu ishini “kambag’allarni masqara qilyapdi” deya baholandi.



Aloqador xabarlar