Turkiyadan 96 davlatga 1439 tonna choy mahsuloti eksport qilindi

Joriy yilning 8 oyi mobaynida Turkiyadan jami 96 davlatga 1439 tonna choy mahsuloti eksport qilingan bo’lib, bundan tushgan daromad 5 mln 715 ming 773 dollarni tashkil qiladi.

1054644
Turkiyadan 96 davlatga 1439 tonna choy mahsuloti eksport qilindi

Jorir yilning yanvar oyidan avgust oyigacha Turkiyadan xorij mamlakatlarga jami 5 mln 715 ming dollar qiymatida choy mahsuloti eksport qilindi.

Bu davrda choy mahsuloti eksport qilingan davlatlar ro’yxatida Germaniya birinchi o’rinda. Ya’ni, joriy yilda Germaniyaga 128 tonna choy mahsuloti eksport qilingan. Bundan tushgan daromad 770 ming dollarni tashkil qiladi.

Joriy yilning 8 oyi mobaynida Turkiyadan jami 96 davlatga 1439 tonna choy mahsuloti eksport qilingan bo’lib, bundan tushgan daromad 5 mln 715 ming 773 dollarni tashkil qiladi.

Qolaversa, bu mavsumda Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga 634 ming dollar, AQShga esa, 576 ming dollar qiymatida choy sotilgan.

Turkiyaning Qoradengiz hududidan ayni mavsumda eksport qilingan 1009 tonna choy mahsulotidan 2 mln 999 ming 362 dollar foyda qo’lga kiritilgan.

Turizm sohasidagi rivojlanish ham choy eksportiga hissa qo’shmoqda.

Oxirgi yillarda Qoradengiz hududida arab sayyohlar sonining ortishi bilan Yaqin sharq mamlakatlaridan ham turk choyiga bo’lgan talab ortdi.

Jumladan, oxirgi davrlarda Saudiya Arabistoni, Qatar, BAAga choy mahsuloti eksportida katta o’zgarishlar kuzatilmoqda.

Choy eksportining kelgusi davrda yana ham ortishi kutilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #choy , #eksport

Aloqador xabarlar