Turkiya Pokistonga 30 ta hujumchi vertolyot sotdi

Mudofaa sanoati bergan bayonotga ko’ra Turk aviatsiya va Kosmik sanoati bilan Pokiston Mudofaa Ishlab chiqarish rahbarligi o’rtasida davom etgan T129 ATAK rusumidagi hujumchi vertolyot shartnomasi ustidan olib borilgan uchrashuvlar o'z nihoyasiga yetdi.

1012128
Turkiya Pokistonga 30 ta hujumchi vertolyot sotdi

Turkiya va Pokiston o’rtasida 30 ta T129 ATAK rusumidagi hujumchi vertolyot sotilishi uchun qo’l qo’yildi.  

Bu orqali Turkiya bir safarning o’zida eng yirik mudofaa sanoati eksportini amalga oshirgan bo’ldi.

Mudofaa sanoati rahbarligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra Turk aviatsiya va Kosmik sanoati bilan Pokiston Mudofaa Ishlab chiqarish rahbarligi o’rtasida davom etgan T129 ATAK rusumidagi hujumchi vertolyot shartnomasi ustidan olib borilgan uchrashuvlar o’z nihoyasiga yetdi.

Turk aviatsiya va Kosmik sanoati bu eksport bilan birga logistika, ehtiyot qismlar, ta’lim va o’q-dorini o’z icihga olgan keng ko’lamli shartnoma paketi ustidan kelishib oldi.

Murakkab iqlim va geografik sharoitlarga muvofiq ravishda ishlab chiqarilgan T129 ATAK rusumidagi vertolyot yangi vazifasi, qurol tizimlari va o’z kategoriyasidagi eng oliy vazifayu manevra xususiyati bilan Turk Qurolli kuchlari va Ichki ishlar vazirligi inventarida foydalanilmoqda. ATAK, bu xususiyati bilan global bozorlardagi raqobatda eng muhim aktyor sifatida o’rin olmoqda.  

Pokiston Quriqlik kuchlari qo’mondonligi tomonidan Turkiya va Pokistonda keng ko’lamli olaroq sinovdan o’tkazilgan T129 ATAK vertolyoti, barcha sinovdan muvaffaqiyatli o’tib, tarmoqdagi talabga javob berdi.

ATAK, dunyodagi o’z kategoriyasidagi neg kuchli hujumchi vertolyot bo’lish xususiyatini yana bir bor isbotladi.



Aloqador xabarlar