B. Yildirim: “Turkiya iqtisodiy tarmoqda muvaffaqiyatli ravishda rivojlanib bormoqda”.

Binali Yildirim, poytaxt Anqarada Kichik va o’rta korxonalarni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash idorasi yetakchiligining navbatdagi mukofat marosimida nutq so’zlab, Turkiya iqtisodiyotidagi xususiy tarmoqlar o'rniga e'tibor qaratdi.

920877
B. Yildirim: “Turkiya iqtisodiy tarmoqda muvaffaqiyatli ravishda rivojlanib bormoqda”.

Bosh vazir Binali Yildirim, Turkiyaning iqtisodiy tarmoqda muvaffaqiyatli ravishda rivojlanayotganligini qayd etdi.

Binali Yildirim, poytaxt Anqarada Kichik va o’rta korxonalarni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash idorasi yetakchiligining navbatdagi mukofat marosimida nutq so’zladi. 

O’z nutqida xususiy tarmoqning iqtisodiyotdagi o’sishdagi ahamiyatiga to’xtalgan va investitsiyaning yirik qismining xususiy tarmoqlar tomonidan amalga oshirlayotganligini ta’kidlagan Yildirim,

“Turkiya maqtovga sazovor xususiy tarmoqlarga ega. Bu ham bizning kelajak uchun kafolatimizdir. Shuning uchun ham Turkiya osonlikcha global, mintaqaviy inqirozlardan salbiy ta’sir ko’rmayapdi va iqtisodiy tarmoqda muvaffaqiyatli ravishda rivojlanib bormoqda” dedi.   

Joriy yilning yanvar oyida Turkiya boylab 9 ming 631 ta yangi firma tashkil etilganligini ta’kidlagan Binali Yildirim, tashkil topgan firma sonining undan oldingi oyga nisbatan 61 foiz ortganligini ham o’z nutqiga ilova etdi.

Bugungi kunda turk sanoatchisining kelajakni hisob-kitob qilgan holda investitsiya kiritish haqida qaror qabul qilganligini, o’z faoliyatini rivojlantirish yoki yangi ishxona tashkil etmoqchi bo’lgan tadbirkorning o’z faoliyati bilangina shug’ullana olishini ifoda etgan Yildirim,  

“Bizning eng yirik manbaimiz insonlarimizdir. Neftga, tabiiy gazga, olmozlarga ishonganlar ko’p o’tmay yo’qchilikka duch kelishi mumkin. Sifatli insonlar manbaiga ega bo’lganlar, avloddan avlodga mazkur manbai orqali o’z yo’llarini davom ettiradi. Barcha insonlarimizga ishonamiz” deya gapirdi.

Ayniqsa ayollarni, yoshlarni va nogiron insonlarni qo’shimcha ish imkoni bilan ta’minlagan xususiy tarmoq va tadbirkorni qo’shimcha haq bilan qo’llab-quvvatlaganliklarini eslatgan Yildirim,

“Sanoatimiz investitsiya va ishlab chiqarish ishlarini davom ettirmoqda. Sanoat ishlab chiqarish faoliyatimiz ortdi” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar