Gazprom Turkiyaga joriy yilda 27.6 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazdi

1 yanvardan 15 dekabrgacha Rossiyadan Turkiyaga tabiiy gaz eksporti o'tgan yilning ayni davriga nisbatan 18.8% ortish ko'rsatdi.

870006
Gazprom Turkiyaga joriy yilda 27.6 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazdi

Rossiyaning eng yirik tabiiy gaz shirkati Gazprom Turkiyaga joriy yilda 27.6 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazdi.

1 yanvardan 15 dekabrgacha Rossiyadan Turkiyaga tabiiy gaz eksporti o'tgan yilning ayni davriga nisbatan 18.8% ortish ko'rsatdi.

Bu haqda Gazprom kompaniyasi bayonot berdi.

"Gazprom 2017 yilning dastlabki 10 oyida shirkatning xorijdagi eng yirik bozori bo'lgan Turkiyaga 27.6 mlrd kub metr tabiiy gaz eksport qildi. Bu o'tgan yilning ayni davriga nisbatan 18.8% (4.4 mlrd kub metr) ortish demakdir",-deyiladi bayonotda.

Gazpromdan Yunonistonga tabiiy gaz eksporti 10.1%, Bolgariyaga 5.7%, Mojaristonga 22%, Serbiyaga 23.5% oshirildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Gazprom , #tabiiy gaz , #Turkiya

Aloqador xabarlar