Germaniyada bir qishloq, kimoshdi savdosi orqali sotildi

Germaniyaning Brandenburg shtatiga qarashli Alvina nomidagi bir qishloq, kimoshdi savdosi orqali sotildi.

865255
Germaniyada bir qishloq, kimoshdi savdosi orqali sotildi

Germaniyaning Brandenburg shtatiga qarashli bir qishloq kimoshdi savdosi orqali sotildi.

Germaniyaning DPA axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra Alvina nomidagi qishloq 125 ming yevrodan kimoshdi savdosida sotishga chiqarilib, natijada 140 ming yevroga sotilgan.

Qishloq bilan birga roppa-rosa 9 ta uy, bitta qishloq ko’chasi va kichkina o’rmonlik maydonga ega bo’lgan qishloqning yangi egasi taklifni telefon orqali berganligi va kim ekanligining esa oshkor qilinmasligini talab qilganligi qayd etildi.

Poytaxt Berlinga 150 kilometr uzoqlikda joylashgan qishloqda 20 kishining istiqomat qilganligi va bir necha uyning bosh ekanligi ham ma’lum bo’lar ekan qishloqda savdo sotiq imkonining yo’qligi va atrofdagi bitta avtobus qatnovining ise qishloqdan o’tmasligi aniqlandi.  

Kimoshdi savdosida Hindiston doxil dunyo miqyosida ko’pchilik mamlakatning qishloqni xarid qilib olishga qiziqqanligi lekin faqatgina bir kishidan taklif olinganligi o’rganildi.

Kimoshdi savdosida ishtirok etgan va qishloqdan mas’ul Domsdorfs oqsoqoli Peter Kroll Alvina qishlog’idagi uylarning parvarishga muhtoj ekanligini va xarid qilib olgan shaxsning qishloq aholisi uchun yaxshi faoliyatlar olib borishidan umidvor ekanligini qayd etdi.  

 



Aloqador xabarlar