Gazprom shirkati Turkiyaga tabiiy gaz eksporti hajmini oshirdi

Gazprom shirkati ma'lum qilishicha, 2017 yilning yanvar-noyabr oyi mobaynida Turkiyaga amalga oshirilgan tabiiy gaz eksporti 2016 yilning ayni mavsumida amalga oshirilgan eksport hajmiga nisbatan 20.4 foiz oshgan.

860771
Gazprom shirkati Turkiyaga tabiiy gaz eksporti hajmini oshirdi

Rossiyaning Gazprom shirkati ma'lum qilishicha, 2017 yilning yanvar-noyabr oyi mobaynida Turkiyaga amalga oshirilgan tabiiy gaz eksporti 2016 yilning ayni mavsumida amalga oshirilgan eksport hajmiga nisbatan 20.4 foiz oshgan.

Bu haqda Gazprom shirkatidan rasmiy izoh bildirildi.

Izohda Turk oqimi loyihasida o'rin olgan davlatlarga ham tabiiy gaz eksporti darajasi oshirilgani ma'lum qilindi.

"Gazprom bu doirada tabiiy gaz eksportini Yunonistonga 11.6 foiz, Bolgariyaga 6.8 foiz, Mojaristonga 22.3 foiz va Serbiyaga 26.1 foiz nisbatida oshirdi",-deyiladi izohda.

 



Aloqador xabarlar