Turkiya va eronlik tadbirkorlar o’z sohalari bo’yicha fikr almashdilar

Turkiyaning Van viloyatida DAKA tomonidan Turkiya bilan Eron o’rtasidagi to’qimachilik tarmog’idagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida muhim yig’ilish bo'lib o'tdi.

853777
Turkiya va eronlik tadbirkorlar o’z sohalari bo’yicha fikr almashdilar

Turkiyaning Van viloyatida Sharqiy Osiyo taraqqiyot agentligi (DAKA) tomonidan Turkiya bilan Eron o’rtasidagi to’qimachilik tarmog’idagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Van-Eron To’qimachilik va tayyor kiyim-kechak ustida ish olib borgan tadbirkorlar yig’ilishi” uyushtirildi.

Yig’ilishda to’qimachilik tarmog’idagi eronlik va turkiyalik tadbirkorlar o’z sohalari bo’yicha fikr almashdilar.

DAKA Bosh kotibi Halil Ibrahim Guray yig’ilishda so’zlagan nutqida agentliklarining mamlakatning Van, Bitlis, Mush va Hakkari viloyatlarida o’z mahsulotlarini tanitganligini va tashqaridan kelgan investorlarni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlaganligini qayd etdi.

Dunyo investorlari orasida eronlik investorlarga alohida e’tibor berganliklarini ham eslatgan DAKA Bosh kotibi

“Van bilan Eron o’rtasida atigi 300 kilometrlik masofa bor. Eron bilan Turkiya et bilan tirnoqdek, bir jonu bir tan hisoblanadi. Biz o’zaro munosabatlarda ayniqsa savdo tarmog’ida buyuk imkonlar yarata olamiz degan umiddamiz. Shuning uchun ham DAKA tarkibida Eron xonasi ham ochidk” dedi.

Halil Ibrahim Guray Eron xonasining Turkiya va Eronda investitsiya kiritmoqchi bo’lgan turklarga rahbarlik qilajagini ham o’z so’ziga ilova etdi.

 

 



Aloqador xabarlar