Joriy yilning yanvar-oktyabr oyi mobaynida Antaliyaga xorijdan 9 mln 475 ming 581 nafar sayyoh keldi

Joriy yilning 10 oyi mobaynida Turkiyaning turistik Antaliya shahriga kelgan sayyohlarning uchdan biridan ko’pini ruslar tashkil qildi.

840946
Joriy yilning yanvar-oktyabr oyi mobaynida Antaliyaga xorijdan 9 mln 475 ming 581 nafar sayyoh keldi

Rus sayyohlar Turkiyada dam olishdan voz kechmayotirlar.

Joriy yilning 10 oyi mobaynida Turkiyaning turistik Antaliya shahriga kelgan sayyohlarning uchdan biridan ko’pini ruslar tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar-oktyabr oyi mobaynida xorijdan Antaliya aeroportiga 9 mln 475 ming 581 yo’lovchi keldi.

Dastlabki 10 oyda xorijdan kelgan yo’lovchi soni o’tgan yilning dastlabki 10 oyiga nisbatan 60% ortish ko’rsatdi.

2016 yilning dastlabki 10 oyida Antaliyaga 5 mln 934 ming 673 nafar sayyoh keldi.

Bulardan 3 mln 663 ming 484 nafarini rus sayyohlar tashkil qildi, bu raqam jami xorijlik sayyohlar sonining 38.66%ini tashkil qiladi.

O’tgan yili yanvar-oktyabr oylari mobaynida Antaliyaga Rossiyadan 444 ming 507 nafar sayyoh kelgan edi.

Joriy yilda Antaliyaga kelgan sayyohlar soni hisobga olinganda, bu raqam o’tgan yilga nisbatan 724% oshdi demakdir.

Bu yil Turkiyaga nafaqat Rossiyadan balki, ko’plab xorij mamlakatlaridan sayyohlar kelib dam oldi.

Masalan, joriy yilda Germaniyadan 1 mln 579 ming 840 nafar sayyoh Turkiyaga keldi.

Ukrainadan esa, 710 ming 871 nafar sayyoh keldi.

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari mobaynida Buyuk Britaniyadan 350 ming 557, Gollandiyadan 251 ming, Qozog’istondan 236 ming 848, Belorusiyadan 163 ming 175, Polshadan 161 ming 420, Isroildan 160 ming 413, Belgiyadan 129 ming 410, Daniyadan 116 ming 715, Ruminiyadan 114 ming 704 va Erondan 100 ming 362 sayyoh Antaliyaga kelib dam oldi.

Oktyabr oyining o’zida Antaliya aeroportiga xorijdan 982 ming 441 nafar yo’lovchi keldi.

Kelgan yo’lovchi sonida o’tgan yilning ayni oyiga nisbatan 24% ortish kuzatildi.

O’tgan yili oktyabr oyida Antaliya aeroportiga xorijdan jami 791 ming 718 nafar sayyoh kelgan edi.

Turkiya otel menejmentlari federatsiyasi rahbari O’sman Ayik joriy yil oxirigacha Antaliyaga keladigan sayyohlar soni 10 mln dan ortishini taxmin qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #sayyoh , #Turkiya , #Rossiya , #rus sayyoh , #turist

Aloqador xabarlar