Turk Qizil yarim oy jamiyati Yamanga, dala shifoxonasi tortiq qildi

Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan Yamanga tortiq qilingan ikkita dala shifoxonasi Taiz viloyati yetakchilariga tantanali marosim bilan topshirildi.

783588
Turk Qizil yarim oy jamiyati Yamanga, dala shifoxonasi tortiq qildi

Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan Yamanga tortiq qilingan ikkita dala shifoxonasi Taiz viloyati yetakchilariga tantanali marosim bilan topshirildi.

Marosimda so’z olgan Yaman Sog’likni saqlash vazirligi vakili va mamlakatning vaqtinchalik poytaxti Adendagi “as-Sadaqa” shifoxonasi direktori Jamol Abdulhamid, Turk hukumati va Qizil Yarim oy jamiyati hamkorligida amalga oshirilgan faoliyatlar doirasida xususiy shifoxonalarda davolana olmayotgan kam ta’minlangan shaxslar bosh bo’lish bilan birga, Yaman xalqiga katta xizmat ko’rsatilganligini qayd etdi.

Taiz gubernatori o’rinbosari Muhammad al-Sanviy ham so’z olgan marosimda Yaman xalqi uchun ko’rsatgan xizmatlari uchun Turk hukumati va Qizil Yarim oy jamiyatiga minnatdorchilik bildirildi.

Shu bilan birga “Anadolu” axborot agentligi muxbiriga intervyu bergan Yamandagi Qizil Yarim oy jamiyati hay’ati raisi Mustafa Aydin, Taizda topshirilgan bu yordamlarning turk xalqining yamanliklarga yuborgan yordami doirasida ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Aydin, Taizdagi yordamlarning jami 10 konteyner ekanligini, ularning ikkita dala shifoxonasi shuningdek, tibbiy uskuna va dori-darmonlardan iboratligini qayd etdi.



Aloqador xabarlar