Hindistonda pomidorlar, qurolli soqchilar tomonidan himoyaga olindi

Hindistonda pomidor narxlari qimmatlab ketganligi bois ular maxsus qurolli soqchilar tomonidan himoyaga olindi.

778070
Hindistonda pomidorlar, qurolli soqchilar tomonidan himoyaga olindi

Hindistonda pomidor narxlari qimmatlab ketganligi bois ular maxsus qurolli soqchilar tomonidan himoyaga olindi.

Hindiston poytaxti Dehlining 900 kilometr janubida joylashgan Madya Pradesh viloyatida o’tgan oyda pomidor hosili ko’pligi tufayli bir necha dehqonning pomidorlari ziyon bo’lgan edi. Hozir esa pomidor narxlari g’ayritabiiy darajada ko’tarilib ketdi. Bu vaziyat esa pomidor og’rilarining kelib chiqishiga yo’l ochdi.

Shuning uchun ham yetakchilar pomidorlarning qurolli soqchilar tomonidan himoya qilinishini ta’minlagan tartib-qoida kiritdi.

Ushbu tartibga ko’ra pomidorlar yuk tashuvchi mashinalarga yuklanayotganda qurolli soqchilar xalqning pomidorlarga yaqinlashishiga monelik qilmoqda.

Pomidor mavsumining o’ta boshlashi va og’ir yog’ingarchilikning hosillarga ziyon yetkazishi yuzasidan pomidor narxlari o’tgan oyga nisbatan ikki barobarga ko’tarilib, 100 rupiga (qariyb 5 Turk lirasi) chiqdi.

 



Aloqador xabarlar