Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari dasturi 28-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va uning mintaqaga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilamiz.

769894
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari dasturi 28-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig’ilishi 2017-yilning 29-iyuni kuni Istanbulda bo’lib o’tdi. Yig’ilish chog’ida mintaqadagi oxirgi vaziyat bilan birga QIHTning kuchiga-kuch qo’shadigan mavzular ustidan a’zo mamlakat vakillari fikr almashdi. Yig’ilish yakunida Turkiya Respublikasi bilan Ukraina o’rtasidagi QIHTning davriy rahbariligini topshirish va uni qabul qilib olish marosimi bo’lib o’tdi. Ukrainaning Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkilotidagi rahbarligi joriy yilning 1-iyulidan boshladi va 1-dekabrigacha davom etadi. Ukraina Tashqi ishlar vaziri Pavlo Klimkinning aytishicha, Ukrainaning rahbarligi davrida tashkilotning eng asosiy kun tartibi masalasi, mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga ataladi.   

Ma’lum bo’lganidek Turkiya 2017-yilning birinchi yarmida yani 1-yanvardan boshlab 30-iyungacha QIHTning davriy rahbarligini yuritdi. Turkiya bu jarayonda “Barqaror taraqqiyot uchun sheriklikning mustahkamlanishi” masalasini qo’lga oldi. 2017-yilning 22-mayi kuni Istanbulda, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rahbarligida bo’lib o’tgan QIHTning tashkil topishining 25-yilligiga atab yubiley sammit o’tkazildi. Tashkilotga a’zo davlatlarning iqtisodiyot (11-may/ Istanbul) va qishloq xo’jaligi (16-17 may/ Istanbul) vazirlari yig’ilishi esa Turkiyaning tashkilotga bo’lgan davriy rahbarligi chog’idagi eng muhim va samarali tadbirlardan biri bo’ldi.  

Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tarkibidagi davlatlar o’zlarining salohiyatlari, geografik yaqinligi va iqtisodiyotining bir-birini tamomlaguvchi xususiyatlaridan foydalangan holda o’zaro va ko’p tomonli iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy munosabatlarini diversifikatsiya qilib, rivojlantirish niyatida. Bu yol orqali mintaqa tinchlik, barqarorlik va farovonlik muhitiga aylantirilmoqchi. Bunga erishish uchun “iqtisodiy hamkorlik” eng asosiy vosita deb tanlab olindi. Tashkilotga asos solingan 1992-yillari esa tashkilot maqsadining a’zo davlatlar o’rtasida “erkin savdo zonasini” qurish ekanligi aytilayotgan edi. Lekin keyinchalik bo’lib o’tgan yig’ilishlarda Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkilotining “iqtisodiy hamkorlik” doirasida baholanishi kerakligi ta’kidlandi. Tashkilotiga asos solgan davlatlar ro’yhatida Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Bolgariya, Ruminiya o’rin olgan. Albaniya, Serbiya, Gretsiya esa tashkilotga keyinchalik a’zo bo’lgan.  

Qora dengiz mintaqasi Turkiyaning tashqi siyosatida muhim o’rin olgan Kavkaz va Bolqonlar o’rtasida ko’prik hisoblanadi. Shuning uchun mintaqa tarixda ham, bugungi kunda ham atrofdagi mamlakatlar e’tiboridan iroq qolmadi. Turkiyaning ham bir bo’lagi hisoblangan Qora dengiz mintaqasiga dunyoning boshqa davlatlarining ham qiziqishi katta. Eng qizig’i avvalgiga qaraganda bugungi kunda yana-da ortib bormoqda. Turkiya, Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkilotining tashkil topishida muhim rol o’ynadi. Turkiya, tashkilot tashkil topgan birinchi kundan beri uning faoliyatlarida faol ishtirok etdi. Undan tashqari Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida konkret hamkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun hormay-to’lmay mexnat qilib kelmoqda. Shuningdek Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tadbirlarining yana-da orttirilishiga ham alohida e’tibor bermoqda.

Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkilotida, Bosh kotib birinchi o’rinbosarligi vazifasi doimiy olaroq Turkiyaga topshirilgan. 2015-yilning iyun oyidan beri ushbu vazifani Tahsin Burjuo’g’li yuritmoqda. Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkilotining yagona qaror organi bir yilda ikki marotaba yig’ilgan va ovoz berish orqali qaror qabul qilgan Tashqi ishlar vazirlari kengashidir. Tashkilot tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirliklari vakillari va ular nomidan faoliyat yuritgan Oliy darajali xodimlar qo’mitasining asosiy vazifasi esa, kengash qabul qilgan qaror va tavsiyanomalarning yo’lga qoyilishini ta’minlash va kengashga tavsiya berishdir.

Qurilishi 2011-yili boshlagan va 2020-yili tamomlanishi ko’zda tutilgan Qora dengiz boylab quriladigan halqa yo’l esa Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkilotining eng muhim loyihalaridan biri hisoblanadi. Ushbu loyiha doirasida Turkiyaning Qora dengiz qirg'oq chizig'i qariyb 10 yil oldin tamomlandi. Rossiya qismi esa Sochi 2014 Olimpiyadalaridan oldin o’z nihoyasiga yetdi.  

Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Yevropa ittifoqi bilan bo’lgan munosabatlari sovuqlashgan Turkiya uchun muhim alternativ hisoblanadi. Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti iqtisodiy yiriklik jihatidan hali hanuz Yevropa ittifoqi bilan solishtiriladigan vaziyatda emas. Lekin QIHT, tashkil topgan ilk kundan yani qariyb 25 yildan beri YI modeliga o’xshash, samarali tizim va usullar ishlab chiqara boshladi.    

Bugungi kunda Qora dengiz mintaqasidagi davlatlar o’rasida bir qator siyosiy, hatto harbiy muammolar bor. Lekin Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti ushbu muammolardan iroq turib, siyosiy masalalarga aralashmay, o’z faoliyatini davom ettirishi darkor. Tashkilot shundagina samarali faoliyatlar olib bora oladi. Bu yil Turkiya, o’zining davriy rahbarligi jarayonida huddi mana shu masalani hal qilishga harakat qildi.

Savdo va investitsiya masalalarini mustahkam ravishda olib borishning birdan-bir yo’li tinchlik va barqarorlikdir. Shuning uchun ham nozik Qora dengiz hududining tinch va totuv ravishda rivojlanishi, a’zo davlatlarning mushtarak maqsadi bo’lishi kerak.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar