Rossiya banklari inqirozga uchragani sababli, mamlakat budjetiga 100 mlrd rubl zarar olib keldi

Rossiya bankchilik sektoridagi inqirozlar tufayli, 2016 yili davlat budjetidan taxminan 100 mlrd rubl (taxminan 1.8 mlrd dollar) mablag’ sarf qilingan.

701490
Rossiya banklari inqirozga uchragani sababli, mamlakat budjetiga 100 mlrd rubl zarar olib keldi

Rossiya banklari inqirozga uchragani sababli, mamlakat budjetiga 100 mlrd rubl zarar olib keldi.

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov ma’lum qilishicha, Rossiya bankchilik sektoridagi inqirozlar tufayli, 2016 yili davlat budjetidan taxminan 100 mlrd rubl (taxminan 1.8 mlrd dollar) mablag’ sarf qilingan.

Rossiyaning poytaxti Moskvada o’tkazilgan “Rossiya bankchilar ittifoqi” konferensiyasida moliya vaziri Anton Siluanov so’zga chiqdi.

U ma’ruzasida o’tgan yili mamlakat bankchilik sektorida yuzaga kelgan moliyaviy inqirozlar sababli, davlat budjetidan moliyaviy yordam olishga majbur bo’lganini aytdi.

Rossiya markaziy banki direktori Elvira Nabiullinaning aytishicha, 2 yoki 3 yil ichida Rossiyaning bankchilik sistemasiga zarar bergan tashkilotlar bartaraf etiladi.

 

 



Aloqador xabarlar