Tehron, Turkiya bilan mahalliy pul birligi ustidan savdo-sotiq qilishga rozi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning AQSh dollari o’rniga mahalliy pul birligi ustidan savdo-sotiq qilish tog’risidagi Eronga qaratilgan taklifiga, Tehron boshqaruvi tomonidan ijobiy javob keldi.

624421
Tehron, Turkiya bilan mahalliy pul birligi ustidan savdo-sotiq qilishga rozi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning AQSh dollari o’rniga mahalliy pul birligi ustidan savdo-sotiq qilish tog’risidagi Eronga qaratilgan taklifiga, Tehron boshqaruvi tomonidan ijobiy javob keldi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi voizi Bahrom Qosimiy bu haqida;

“Turkiyaning taklifi qisqa muddatli emas, uzoq muddatli esa biz bu taklifga ijobiy qaraymiz va hatto Turkiya bu mavzuda jiddiy gapirayotgan bo’lsa unda biz hamkorlikni boshlatishga ham tayyormiz” dedi.

Qosimiy, yetarli iqtisodiy kuchga ega bo’lgan davlatlar bilan mahalliy pul birligi ustidan savdo-sotiq qilinishiga ijobiy ko’z qarashda ekanliklarini eslatib,

“Iqtisodiy jihatdan rivojlangan yoki rivojlanib kelayotgan davlatlar mahalliy pul birligi ustidan savdo-sotiq faoliyati yuritish orqali ba’zi salbiy ta’sirlardan qutilishi mumkin. Ayniqsa hamkorlik yuritgan davlati bilan qo’shni bo’lib, ular orasida savdo hajmi mavjud bo’lsa unda bunday oldi-sotti muomalasidan har ikki tomon ham katta foyda ko’radi” dedi.

Erdog’anning, mahalliy pul birligi ustidan savdo-sotiq qilish taklifini Rossiya bilan Xitoyga ham qaratganligini eslatgan Qosimiy;

“Shunday doira tashkil etib, uni rivojlantira olishlik ajoyib natija beradi. Albatta bu oson emas. Buni amalga oshirishlik katta iroda va jiddiyat talab qiladi. Ishni yo’lga qo’yib, undan samarali natija olishlik mustahkam hamkorlikni ham talab qiladi. Bu fikr yoki bu taklif ilk bosqichda chalkashdek ko’rinishi mumkin lekin men buning ijobiy fikr ekanligiga ishonaman” dedi.



Aloqador xabarlar