Turkiya dunyo bo’yicha jambil ziravoriga bo’lgan ehtiyojning 90%ini ta’minlaydi

Bu yil 15 ming tonna jambil yetishtirishni maqsad qilgan Denizli viloyati, eksport hajmini 10% oshirgan holda, daromadni 90 mln liraga chiqarishni maqsad qilmoqda.

512431
Turkiya dunyo bo’yicha jambil ziravoriga bo’lgan ehtiyojning 90%ini ta’minlaydi

Turkiyada qishloq-xo’jalik mahsulotlarining katta qismi Denizlida yetishtiriladi.

Jumladan, taomlarga lazzatli ta’m bergan ziravorlardan jambil asosan, Turkiyaning Denizli viloyatida yetishadi.

Turkiya dunyo bo’yicha jambil ziravoriga bo’lgan ehtiyojning 90%ini ta’minlaydi.

Bu yil 15 ming tonna jambil yetishtirishni maqsad qilgan Denizli viloyati, eksport hajmini 10% oshirgan holda, daromadni 90 mln liraga chiqarishni maqsad qilmoqda.

Jambil nafaqat taomlarda, balki formatseftika sohasida ham xomashyo sifatida ishlatiladi.

Jambil o’simligini yetishtirish jarayoni mart va aprel oylarida boshlanadi.

Bu mavsumda yerga jambil urug’lari sochiladi.

Iyul va avgust oylarida hosili to’planib, qayta ishlash korxonalariga jo’natiladi va u yerda qadoqlanib xorijga eksport qilinadi.

Denizli oziq-ovqat, qishloq-xo’jaligi va chorvadorchilik jamiyati direktori Sezgin Kutlu taxminan 96 ming gektar maydonga jambil urug’i ekilganini va yilda 15 ming tonnaga yaqin hosil olinganini tilga oldi.

Sezgin Kutlu: “Hosilning katta qismi Amerika va Yevropa davlatlariga jo’natilmoqda. Maqsad jambil mahsulotini inson sog’ligiga zarar bermaydigan tabiiy sharoitlarda yetishtirishdir”,-dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Denizli , #jambil , #eksport , #hosil , #ziravor

Aloqador xabarlar