Rossiya Belorussiyaga neft eksportini kamaytirmoqchi...

Tabiiy gaz bo’yicha qarzini to’lamagan Belorussiyaga neft eksportini kamaytirishini bildirgan Rossiya Energiya vaziri Aleksandr Novakning aytishicha, neftning qancha miqdori cheklanishi hozircha noma’lum.

512722
Rossiya Belorussiyaga neft eksportini kamaytirmoqchi...

Rossiya Belorussiyaga neft eksportini kamaytiradi.

Chunki, Belorussiya Rossiyaga tabiiy gaz bo’yicha qarzini to’lamagan.

Rossiya Energiya vaziri Aleksandr Novak Saint Peterburg shahrida o’tkazilgan Xalqaro iqtisodiyot forumida so’zga chiqib, joriy yilning dastlabki choragida Belorussiyaga eksport qilinishi rejalangan 250 ming tonna neftdan faqatgina 89 ming tonnalik bo’limini jo’natganini, ikkinchi chorakda esa, hamon neft eksport qilinmaganini bildirdi.

Tabiiy gaz bo’yicha qarzini to’lamagan Belorussiyaga neft eksportini kamaytirishini bildirgan Novakning aytishicha, neftning qancha miqdori cheklanishi hozircha noma’lum.

Rossiya Energiya vaziri Aleksandr Novak ma’lum qilishicha, Gazprom va Shell Rossiyadagi uchta tabiiy gaz loyihasiga jami 13 mlrd dollar investitsiya kiritadi.

Shell Gazpromga tegishli bo’lgan va Rossiyaning Saxalin mintaqasida joylashgan Yujno-Kirinskoye tabiiy gaz ishlab chiqarish stansiyasini rivojlantirish jarayoniga o’z hissasini qo’shadi.

Novak: “Shell va Gazprom shirkatlari Boltiq mintaqasidagi suyuqlashtirilgan tabiiy gaz muassasasi  va Saxalin-2 LNG stansiyasining rivojlantirilishi uchun mushtarak investitsiya kiritadi”,-dedi.

Rossiyaning eng katta tabiiy gaz shirkati Gazprom Belorussiyadagi davlat shirkatlaridan tabiiy gaz pulini undirish maqsadida may oyida Xalqaro sudga murojaat qilgan edi.

Belorussiya vakillari neft bahosidagi pasayish sababli o’tgan oylarda Gazprom shirkatidan tabiiy gaz bahosini arzonlashtirishni talab qilgan edi, lekin bu talab inobatga olinmagan edi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Belorussiya , #Gazprom , #Shell , #tabiiy gaz

Aloqador xabarlar