Turkiya statistika tashkiloti 2016-yilga doir ishsizlik raqamlarini e'lon qildi

Turkiya statistika tashkiloti ma'lum qilishicha, mamlakat bo'yicha ishsizlar soni 3 million 290 mingni tashkil qiladi.

471557
Turkiya statistika tashkiloti 2016-yilga doir ishsizlik raqamlarini e'lon qildi

Turkiya statistika tashkiloti 2016-yilga doir ishsizlik raqamlarini e'lon qildi.

Mamlakatda ishsizlik 2015-yilning yanvar oyiga nisbatan 0.2 bal pasayib, 11.1%ni tashkil qildi.

Turkiya statistika tashkiloti ma'lum qilishicha, mamlakat bo'yicha ishsizlar soni 3 million 290 mingni tashkil qiladi.

Yoshlar o'rtasida ishsizlik esa, 0.8 bal pasayib, 19.2%ni ko'rsatmoqda.

Ish bilan ta'minlangan fuqarolar nisbati 0.7 bal ortish bilan 45%ni tashkil qilgan bo'lib, bu 26 million 275 fuqaro demakdir.

Ishchi kuchiga qo'shilish nisbati 50.7%ni tashkil qildi.

Norasmiy mehnat qilgan fuqarolar nisbati 31.8%ni ko'rsatmoqda.



Aloqador xabarlar