Turkiyadan Rossiyaga meva-sabzavot eksporti cheklanadi

Rossiyaga yilda tahminan 1.6 million tonna meva-sabzavot eksport qilgan va bundan 1 milliard dollar foyda qo’lga kiritgan turk eksportchilar Rossiya hukumatining iqtisodiy sanksiyalari tufayli boshqa xorij davlatlariga mahsulot eksport qilishga harakat qila boshladi.

357973
Turkiyadan Rossiyaga meva-sabzavot eksporti cheklanadi

Turkiyada meva-sabzavot eksportchilari Rossiya bozoriga qo’shimcha ravishda Yaqin sharq, Yevropa Ittifoqi va Uzoq sharq davlatlariga e’tibor qaratmoqda.
Rossiyaga yilda tahminan 1.6 million tonna meva-sabzavot eksport qilgan va bundan 1 milliard dollar foyda qo’lga kiritgan turk eksportchilar Rossiya hukumatining iqtisodiy sanksiyalari tufayli boshqa xorij davlatlariga mahsulot eksport qilishga harakat qila boshladi.
Turkiya meva-sabzavot eksportchilari ittifoqi kengashi rahbari Ali Kavak turk eksportchilar mavjud bozorlarni kengaytirish maqsadida faoliyat olib borganini bildirib, Turkiya jami 93 davlatga meva-sabzavot eksport qilganini ma’lum qildi.
Boshqa davlatlardagi eksport hissasini biroz oshirgan holda Rossiya eksportida yuzaga kelgan muammo tufayli u davlatga tushgan eksport miqdorini qolgan 93 davlatga tarqatishga harakat qilganini ma’lum qilgan Kavak, “Iroq biz uchun juda muhim. Rossiyadan keyingi 2-katta bozorimiz hisoblanadi. Yaqin sharq va Yevropa Ittifoqi davlatlarini takror asosiy o’ringa chiqarishimiz mumkin. Bu jihatdan hukumatimiz bizni qo’llab quvvatlamoqda. Biz ham hukumatimizni ishonchini oqlagan holda boshqa yo’nalishlarga e’tibor qaratishni maqsad qilyabmiz”-dedi.
Qolaversa, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mahir Unal Rossiya bilan yuzaga kelgan muammodan turizm sohasini saqlab qolish kerakligini bildirdi.
Unal rus turistlarni Turkiyaga taklif qilib, “Turkiyani uyingiz deb biling. Turkiyada ishonchli shaklda dam olishni davom ettiravering”-dedi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar